Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (ITIM) maʼlumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 35 ta bankdan atigi 26 tasi mikrokreditlar berayotgani ma’lum bo‘ldi.
«Saderat bank», «AVO bank”, «Octobank», «KDB» vaqtincha mikrokreditlar berishmayapti. Boshqa banklar esa qarz oluvchilardan garov va sug’urta polislarini talab qiladilar.
Tadqiqot natijalariga ko‘ra, mikrokreditlar berish bo‘yicha «Ziraat banki» yillik stavkasi 26 foiz va maksimal summasi 50 million so‘mgacha bo‘lgan kreditlarni 36 oy muddatga taqdim etgan holda peshqadam bo‘ldi. Ikkinchi o‘rinda yillik stavkasi 27,99 foiz va maksimal summasi 3 yilga 50 mln so‘m bo‘lgan Asia Alliance Bank joylashgan. Yillik stavkasi 27,9 foiz va 24 oy davomida maksimal 50 mln so‘m bo‘lgan “Xalq banki» uchinchi o‘rinni egalladi.
Eng yuqori foiz stavkalarini TBC Bank (28-49 foiz), Ipoteka banki (37 foiz) va Kapitalbank (37 foiz) taklif qilishmoqda.
Mikrokreditlar bo‘yicha o‘rtacha yillik stavka 2 foizga oshib, 32 foizga yetdi. O‘zR Markaziy banki ma’lumotlariga ko‘ra, 2023-yilda mikrokreditlar uchun ajratilgan mablag‘larning umumiy hajmi 28,75 trln so‘mni tashkil etdi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonga mikromoliya banklari nima uchun keragligini e’lon qilgan edi.