Qirg‘iziston endi dengiz davlati

eʼlon qilindi
Mamlakat ixtisoslashgan tashkilot tarkibiga kirdi
Foto: IMO

Qirgʻiziston Xalqaro dengiz tashkilotiga (IMO) aʼzo boʻlgan 176-davlat boʻldi, deyiladi uyushma saytida.

IMO Bosh kotibi Arsenio Dominges 2024-yil mart oyi boshida Qirg‘iziston tashkilotga qo‘shilganini ma’lum qilgan edi.

2023-yil fevral oyida Qirg‘iziston hukumati O‘zbekiston va Turkmaniston orqali Rossiyaga transport yo‘lagi ochilishi mumkinligini e’lon qildi. Yo‘nalishning bir qismi Kaspiy dengizi orqali o‘tadi.

IMO 1958 yil mart oyida tashkil etilgan va BMTning ixtisoslashgan taskiloti hisoblanadi. Tashkilot xalqaro dengizda yuk tashish xavfsizligi va atrof-muhit muhofazasi uchun javobgardir. Shuningdek, dengizdagi savdo yuk tashish bilan bog’liq masalalar bo‘yicha hamkorlik va ma’lumot almashish uchun platforma hisoblanadi.

Bugungi kunda tashkilotga Markaziy Osiyoning uchta davlati – Qozog‘iston, Qirg‘iziston va Turkmaniston kiradi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston Kaspiy dengizida savdo flotini yaratishdan manfaatdor ekanini yozgan edi.

Shuningdek