Komiljon Mullajonov Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumaniga hokim etib tayinlandi. Bu haqda OʻzA xabar bermoqda.
Mullajonov bunga qadar «Mikrokreditbank»ning Sirdaryo viloyati hududiy filialini boshqargan.
Tumanning sobiq rahbari Anvar Karimov boshqa ishga oʻtishi munosabati bilan lavozimidan ozod qilindi. Uning yangi lavozimi hozircha maʼlum emas.
Avvalroq «Kursiv» Bektemir tumanining hokimi oʻz lavozimini tark etgani haqida xabar bergan edi.