Xitoy mudofaga xarajatlarni oshiradi
eʼlon qilindi
2024 yilda harajat 7 foizdan ko‘proq o‘sadi
Xitoyning 2024-yilda mudofaa xarajatlari 1,67 trillion yuanni (taxminan $231,4 mlrd) tashkil qiladi. Global Times ma’lumotlariga ko‘ra, bu o‘tgan yilga nisbatan 7,2 foizga ko‘pdir.
Jurnalistlarning ta’kidlashicha, bu ko‘rsatkich «Xitoyning milliy mudofaani rivojlantirishdagi oqilona, vazmin va barqaror qadamlarini aks ettiradi».
Eslatib o‘tamiz, Xitoy hukumati bu yil mamlakat iqtisodiy o‘sishini 5 foizga ta’minlash niyatida. Shahar va aholi punktlarida 12 milliondan ortiq ish o‘rni yaratish rejalashtirilgan. Davlat sarmoyasi hajmi 700 mlrd yuanni ($97,2 mlrd) tashkil etadi.