12-mart kuni O‘zbekistonning aksariyat hududlarida yog‘ingarchilik kutiladi
eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Bugun, 12-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, O‘zbekistonning ba’zi hududlarida yog‘ingarchilik bo‘lishi mumkin. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 9-14 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Toshkent shahrida havo biroz bulutli bo‘ladi, vaqti- vaqti yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Havo harorati kunduzi 9-11 daraja iliq, kechasi 7- 9 iliq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Ba’zi joylarda yomg‘ir, qor yog‘ishi mumkin, ayrim joylarda kuchli yog‘ingarchilik ehtimoli bor. Tuman tushadi va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi va kechasi 0-5 iliq bo‘ladi.