Andijon viloyatidagi maktablardan birida yong‘in sodir bo‘ldi

eʼlon qilindi
Yong‘inni o‘chirish uchun oltita maxsus guruh jo‘natildi
Foto: Pixabay

12-mart, seshanba kuni Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi maktab oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.

Bu haqdagi xabar tegishli xizmatlarga soat 9:56 da kelib tushgan. Uni o‘chirish uchun oltita yong‘in-qutqaruv ekipaji jo‘natilgan. Yong‘in soat 10:14 da o‘chirilgan.

Yong‘in oshxonasining tomiga zarar yetkazgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmaganini ta’kidladi.

«Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi FVV xabarida.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi mebel sexida yong‘in chiqqani haqida yozgan edi.

Shuningdek