12-mart, seshanba kuni Andijon viloyatining Oltinko‘l tumanidagi maktab oshxonasida yong‘in sodir bo‘ldi, deb xabar berdi O‘zbekiston Favqulodda vaziyatlar vazirligi.
Bu haqdagi xabar tegishli xizmatlarga soat 9:56 da kelib tushgan. Uni o‘chirish uchun oltita yong‘in-qutqaruv ekipaji jo‘natilgan. Yong‘in soat 10:14 da o‘chirilgan.
Yong‘in oshxonasining tomiga zarar yetkazgan. Favqulodda vaziyatlar vazirligi yong‘in oqibatida hech kim jabrlanmaganini ta’kidladi.
«Hozirda yong‘in sabablari va moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda», — deyiladi FVV xabarida.
Avvalroq «Kursiv» Toshkentdagi mebel sexida yong‘in chiqqani haqida yozgan edi.