
Rossiyaning Azimuth aviakompaniyasi 1-apreldan Termiz va Sochi oʻrtasida toʻgʻridan-toʻgʻri reyslarni yoʻlga qoʻyadi, deb xabar qildi Surxondaryo viloyati hokimligi.
Parvozlar haftada bir marta — dushanba kunlari amalga oshiriladi. Yo‘lovchilar Superjet-100 samolyotlarida tashiladi.
Azimut 2017 yilda ish boshlagan. Aviakompaniya samolyotlari Rostov-Don va Krasnodar aeroportlarida joylashgan. 2023-yil oktabr holatiga ko‘ra, aviatashuvchining floti 19 ta Superjet-100 samolyotidan iborat.
Avvalroq «Kursiv» Azimuth O‘zbekistondagi aerodromlarni radiotexnika bilan jihozlashga yordam berishi haqida yozgan edi.