Yangiliklar

“Bir million dasturchi” loyihasi doirasida qariyb 1 mlrd soʻm o‘zlashtirilgani aniqlandi

Holat yuzasidan jinoiy ish qo‘zg‘atildi
Foto: SergPoznanskiy/Depositphotos

Smart Sales Leader kompaniyasi tomonidan «Bir million dasturchi» loyihasi uchun kompyuter va boshqa texnik uskunalar xarid qilish uchun moʻljallangan 919,3 million soʻm mablagʻ oʻzlashtirilgan. Bu haqda Korrupsiyaga qarshi kurashish agentligi xabar bermoqda.

Korxona «Oʻquv taʼlim-taʼminot» davlat muassasasi bilan kompyuterlar xarid qilish boʻyicha shartnoma tuzdi. Lekin Smart Sales Leader shartnoma shartlarini bajarmagani aniqlangan.

Agentlik xabariga koʻra, davlat muassasasi va kompaniya vakillariga nisbatan jinoiy ish qoʻzgʻatildi.

Smart Sales Leader kompaniyasi 2021-yil fevral oyida tashkil qilingan. Kompaniya taʼsischisi va rahbari Alijon Nurullayev hisoblanadi.

«Bir million dasturchi» Oʻzbekistonda 2019-yilda ishga tushirilib, 2022-yilda yakuniga yetgan. Loyiha respublika aholisini dasturlash boʻyicha onlayn oʻqitishga qaratilgan.

Uch yil davomida 1,1 milliondan ortiq oʻzbekistonliklar taʼlim kurslarini tamomlaganlik haqidagi sertifikatlariga ega boʻldi.

Avvalroq «Kursiv» Andijon viloyatida poraxoʻr amaldorlar qoʻlga olingani haqida xabar bergan edi.