Necha nafar oʻzbekistonlik bokschi Parij-2024 Olimpiadasida ishtirok etadi

eʼlon qilindi
Bu haqda Milliy olimpiya qo‘mitasi xabar berdi
Foto: piqsels

Oʻzbekistonlik besh nafar bokschi 2024-yilda Parijda boʻlib oʻtadigan Olimpiada oʻyinlariga yoʻllanma oldi. Bu haqda Milliy olimpiya qoʻmitasi (MOQ) maʼlum qildi.

Italiyada boʻlib oʻtayotgan litsenzion turnirda Ruslan Abdullayev serbiyalik, Lazizbek Mullajonov gruziyalik, Sabina Boboqulova yaponiyalik raqiblari ustidan gʻalaba qozonib, Parij Olimpiadasi yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Shuningdek, Toʻrabek Habibullayev kolumbiyalik raqibi ustidan gʻalaba qozongan boʻlsa, Asadxoʻja Moʻydinxoʻjayev Iordaniyalik bokschiga qarshi jang oʻtkazib, Olimpiada yoʻllanmasiga ega chiqdi.

Maʼlumot uchun, bungacha Hangjou-2022 Osiyo oʻyinlarida sovrindor boʻlish orqali Nigina Oʻktamova, Abdumalik Xalokov, Hasanboy Doʻsmatov va Bahodir Jalolov ham Olimpiada yoʻllanmasini qoʻlga kiritishgan edi.

Avvalroq «Kursiv» Italiyada 2024-yilgi Olimpiada yoʻllanmasini beruvchi litsenzion musobaqa boʻlib oʻtayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek