2024-yil may oyidan Oʻzbekistonda Sirdaryo oʻzanidan ruda boʻlmagan foydali qazilmalarni qazib olishga muddatsiz moratoriy joriy etildi. Davlat rahbari tomonidan imzolangan farmonga oʻzgartirish va qoʻshimcha kiritildi.
Sirdaryoning uzunligi 2,1 ming kmdan oshib, uning oʻzani Markaziy Tyan-Shandan boshlanadi. Daryo Markaziy Osiyoning toʻrtta davlati – Oʻzbekiston, Qozogʻiston, Qirgʻiziston va Tojikiston hududidan oqib oʻtadi.
Shuningdek, Sirdaryoda Farhod GESi joylashgan boʻlib, u XX asr oʻrtalarida ishga tushirilgan. Hozirgi kunda Elektr stansiyasi yiliga 531 million kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi.
Eslatib oʻtamiz, joriy yilning yanvar oyida Shavkat Mirziyoyev Chirchiq, Sangzor va respublikaning boshqa suv havzalaridagi daryolar oʻzanlaridan noruda materiallar qazib olishga xuddi shunday moratoriy kiritgan edi.
Bungacha Ekologiya, atrof-muhitni muhofaza qilish va iqlim oʻzgarishi vazirligi daryo oʻzanlarida noqonuniy ravishda qum va shagʻal qazib olish bilan bogʻliq 300 dan ortiq holat qayd etilgani haqida xabar bergan edi. Vazirlik tomonidan 42 ta holatda boʻyicha tabiatga yetkazilgan zarar 42 milliard soʻmga baholangan.
Avvalroq «Kursiv» Germaniya Markaziy Osiyo daryolaridagi iqlim taʼsirini oʻrganishga yordam berishini haqida maʼlum qilgan edi.