Raqobatdagi kichik qoidabuzarliklar uchun jarimalar yumshatiladi

eʼlon qilindi
Qonun loyihasi O‘zbekiston parlamenti quyi palatasi tomonidan qabul qilindi.
Foto: Oliy Majlis Qonunchilik palatasi

Raqobat sohasidagi huquqbuzarliklarga birinchi marta yo‘l qo‘ygan va unchalik katta bo‘lmagan moliyaviy zarar yetkazgan korxonalar jarimadan ozod etilishi mumkin, tegishli qonun loyihasi Oliy Majlis deputatlari tomonidan qabul qilindi.

Bundan tashqari, monopolistlar uchun asosiy faoliyat turi kompaniyaning tegishli ro‘yxatga kiritilgani hisoblanadi.

Deputatlarning fikricha, qonunning qabul qilinishi tovar va moliya bozorlarida raqobatni ta’minlaydi.

2023-yil noyabr oyi boshida O‘zbekistonda 89 ta tabiiy monopoliya mavjud edi. «O‘ztransgaz», «O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari» aksiyadorlik jamiyati, «O‘zbekneftgaz» aksiyadorlik jamiyati shular jumlasidandir.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda quyosh panellarini o‘rnatishda monopoliya yo‘qligini yozgan edi.

Shuningdek