Rivojlangan mamlakatlarning davlat qarzi ikki baravardan ortiq oshdi

eʼlon qilindi
O‘tgan 15 yil ichida
Foto: amrothman / Pixabay

Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkilotiga (IHTT) a’zo davlatlarning umumiy davlat qarzi 2023-yil oxiriga kelib $54 trln yetdi. Bu miqdor 15 yil avval qayd etilganidan ikki baravar ko‘p, deb xabar berdi «Kommersant».

Umumiy davlat qarzining yarmidan ko‘pi Amerika Qo‘shma Shtatlariga (AQSh) to‘g‘ri keladi. Shu bilan birga, mamlakatning eng yirik kreditorlari Yaponiya va Xitoydir.

Yevropa Ittifoqining qarzi bu miqdorning taxminan 20 foizga teng. Tahlilchilarning fikricha, 2024 yilda rivojlangan davlatlarning davlat qarzi yana $2 mlrd oshadi.

IHTT demokratiya va erkin bozor iqtisodiyoti tamoyillarini tan olgan rivojlangan mamlakatlar uyushmasidir. Tashkilotga 38 ta davlat kiradi.

Avvalroq «Kursiv» AQSh davlat qarzi $34 trln oshganini yozgan edi.

Shuningdek