Turk lirasi tarixiy eng past darajaga tushib ketdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Bir dollarga 32 lira berishadi
                    
                            
Turkiyadagi yuqori inflyatsiya lira kursiga ta’sir qilishda davom etmoqda. Pul birligi navbatdagi antirekord o‘rnatdi: bir dollar endi 32 liraga teng, deb yozadi «Vedomosti».
Freedom Finance Global kompaniyasi yetakchi tahlilchisi Natalya Milchakova nashrga Turkiyadagi inflyatsiyaning sekinlashuvi barqaror tendensiyaga aylanmaguncha lira pasayib borishini tushuntirdi. Bu 2024 yil oxirida yoki 2025 yil boshida sodir bo‘lishi mumkin.
Liraning kelajakdagi pasayishi prognozlari bir dollar uchun 36 dan 40 pul birligigacha o‘zgarib turadi.
Eslatib o‘tamiz, musulmon mamlakatlariga yagona valyuta joriy etish taklif qilingan.
