Uzbekiston Airways Navroʻz bayrami munosabati bilan qoʻshimcha reyslar tashkil qiladi

Navroʻz bayrami munosabati bilan UzAirways poytaxtdan Oʻzbekistonning besh shahriga qoʻshimcha ichki reyslarni tashkil qiladi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati xabar berdi.
Unga koʻra, Qoʻshimcha reyslar Toshkent — Nukus — Toshkent — 20-mart kuni, Toshkent — Buxoro — Toshkent — 20, 21, 24-mart kunlari, Toshkent — Urganch — Toshkent — 24-mart kuni, Toshkent — Fargʻona — Toshkent — 21-mart kuni, Toshkent — Namangan — Toshkent — 24-mart kuni.
Jadval bilan tanishish va aviachiptalarni UzAirways veb-saytida, shuningdek, «Oʻzbekiston havo yoʻllari» Savdo filialida yoki aviakompaniya agentlaridan xarid qilish mumkin.
Avvalroq UzAirways Fargʻona va Namangandan qatnovchi yoʻlovchilar uchun bepul avtobuslarni yoʻlga qoʻygani haqida xabar berilgan edi.