YeTTB Uzbek Leasing International kompaniyasiga 75 mlrd soʻmdan ortiq mablagʻ ajratdi

eʼlon qilindi
Uskunalar va maxsus texnikalar sotib olish uchun
Foto: YeTTB

Yevropa tiklanish va taraqqiyot banki (YeTTB) Yagona korporativ maʼlumotlar portaliga koʻra, Uzbek Leasing International A.O. kompaniyasiga 75,1 milliard soʻm kredit ajratdi.

Mablagʻlar uskunalar, maxsus texnikalar va transport sotib olishga yoʻnaltiriladi.

Uzbek Leasing International kompaniyasi 1995-yilda hukumat qaroriga asosan tashkil etilgan boʻlib, kompaniya kichik va oʻrta biznesni rivojlantirish uchun lizing xizmatlarini, jumladan, maxsus texnikalarni taqdim etadi.

2023-yilning yanvar-iyun oylariga koʻra Uzbek Leasing Internationalʼning sof daromadi 24,9 milliard soʻmni tashkil qildi. Bu 2022-yilning mos davriga nisbatan ikki baravar koʻpdir.

Avvalroq «Kursiv» YeTTB Oʻzbekistondagi energetik ichimlik ishlab chiqaruvchi korxonaga 15 million yevro ajratgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek