Dunyodagi eng mashhur kriptovalyuta — bitkoinning narxi oshishda davom etmoqda. Bir kun avval uning qiymati tarixda birinchi marta $73 mingga yetdi. Bu haqda «Kommersant» savdo platformalari maʼlumotlariga tayanib xabar berdi.
Keyinchalik esa Bitkoin kursi pasaydi. 13-mart, chorshanba kuni soat 06:43 holatiga koʻra kriptovalyuta Coindesk platformasida 71,8 ming dollardan sotildi.
Bitkoin yanvar oyining oxirlariga kelib koʻtarila boshladi. Birgina mart oyining oʻzida kriptovalyuta oʻz rekordini uch marta yangiladi.
Avvalroq Oʻzbekistondagi Koreya birjasi UzNEXʼda bitkoin 9-mart kuni umumiy hisobda 931 million soʻmga sotilgan. Bu esa AQSh dollariga nisbatan $74 mingga yaqinligi haqida xabar bergan edik.