Byudjet mablag‘lari hisobidan 39 nafar O‘zbekiston fuqarosiga jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi

eʼlon qilindi
Shuningdek, mamlakatimizda 272 nafar bemorga bepul buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi
Foto: Piqsels

2023-yilda O‘zbekistonda 39 nafar bemorga jigar transplantatsiyasi o‘tkazildi. Xarajatlar byudjet mablagʻlari hisobidan qoplandi, deb xabar qildi Sogʻliqni saqlash vazirligi matbuot xizmati.

Shuningdek, mamlakatimizda 272 nafar bemorga bepul buyrak transplantatsiyasi amalga oshirildi (2022-yilda bu ko‘rsatkich 172 tani tashkil etgan).

Jigar ko‘chirib o‘tkazilayotgan bemorlarga o‘rtacha 400 million so‘mdan 450 million so‘mgacha, buyrak transplantatsiyasi uchun esa 80 million so‘mgacha mablag‘ ajratildi.

Respublikada har ikki turdagi jarrohlik aralashuv V.Vohidov nomidagi Respublika ixtisoslashtirilgan jarrohlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazida amalga oshiriladi.

O‘zbekistonda jami 98,7 ming fuqaro imtiyozli asosda davolandi. Ushbu maqsadlar uchun Davlat tibbiy sug‘urta jamg‘armasidan 699,7 milliard so‘m ajratildi.

Shuningdek, o‘tgan yili Respublika ixtisoslashtirilgan travmatologiya va ortopediya ilmiy-amaliy tibbiyot markazida bemorlarni davolash xarajatlarini qoplash hajmi 52 milliard so‘mga yetdi. Bu 2022-yilga nisbatan qariyb 12 milliard so‘mga ko‘pdir.

Avvalroq Kursiv O‘zbekistonda davlat tibbiy sug‘urtasi joriy etilgani haqida yozgan edi.

Shuningdek