Nima uchun Qozogʻiston IT kompaniyalari Oʻzbekistonga koʻchib oʻtmoqda

eʼlon qilindi
Sabablarni Caravan.kz nashr o‘rganib chiqdi
Фото: Unsplash

Butun mutaxassislar jamoasi Qozogʻistondan Oʻzbekistonga biznes uchun qulayroq sharoit izlab kelmoqda. Bu haqda BIT-2024 xalqaro forumi ishtirokchilari Caravan.kz nashriga maʼlum qildi.

«Yaqinda chimkentlik ekspertlar bilan gaplashdim, ular oʻz kompaniyalarini Oʻzbekistonga koʻchirganliklarini aytdi. U yerda katta oʻzgarishlar yuz bermoqda. Hukumatimiz ham soliq imtiyozlarini berish haqida oʻylab koʻrishlari kerak», — dedi Amir Yerjanov Mustaqil IT ekspertlari xalqaro alyansi boshqaruvi raisi.

Mutaxassislarning fikricha, soʻnggi bir yilda Oʻzbekistonda IT sohasidagi jozibadorlik mamlakatga yangi kompaniyalarni jalb qilish boʻyicha koʻrilayotgan kompleks chora-tadbirlar tufayli yuz bergan.

IT Park rezident-eksportchilar uchun Zero Risk dasturini ishga tushirdi. Ushbu dastur doirasida ular bir yil davomida bino va yerdan tekin foydalanishlari mumkin boʻladi. Shuningdek, davlat ularga ish haqi va kadrlar malakasini oshirish xarajatlarining 15 foizini qoplashga tayyor.

Bundan tashqari, Oʻzbekistonda Local to Global dasturi ishga tushirilmoqda, uning doirasida rezidentlar eksport boʻyicha bepul maslahat olishlari mumkin.

Shuningdek, Texnopark mahalliy kompaniyalarga xorijiy bozorlarga chiqish va yirik global platformalarda xodimlarni tayyorlashda xarajatlarning yarmigacha kompensatsiya qilish imkonini beradi.

Kod yozuvchi mutaxassis va dasturchilarning oylik maoshlarining kamayishi ham kompaniyalarning Qozogʻistondan Oʻzbekistonga koʻchirilishi sabablaridan biri boʻlishi mumkin, deya keltiradi nashr.

Avvalroq «Kursiv» 2022-yildan buyon Oʻzbekiston IT parkida Rossiya Federatsiyasining 239 Belarusning 31 kompaniyasi rezident maqomini olgani, shuningdek, ishga tushirilgan OSS (One stop shop) xizmati orqali Rossiyaning 92 kompaniyasi va Belarusning 7 kompaniyasi rezidentlik uchun ariza topshirgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek