Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda

eʼlon qilindi
Bu haqda “Xovar” axborot agentligi xabar berdi
Foto: Unsplash

Oʻzbekiston va Tojikiston hamkorlikda avtomobil ishlab chiqarish loyihasini muhokama qildi. Bu haqda «Xovar» axborot agentligi xabar bermoqda.

Uchrashuvda Oʻzbekiston Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi Laziz Qudratov va Tojikiston Iqtisodiy rivojlanish va savdo vaziri Zavki Zavqizoda ishtirok etdi.

Ikki davlat Tojikistonning «Talko» korxonasi yordamida Oʻzbekiston uchun avtomobil shinalarini ham ishlab chiqarishni rejalashtirmoqda.

«Talko» korxonasi 2007-yilda Tojikiston alyuminiy zavodi negizida tashkil etilgan boʻlib, alyuminiy ftorli kaliy va tuzlardan turli mahsulotlar ishlab chiqaradi.

Shuningdek, ikki davlat vakillari Zarafshon daryosida ikkita gidroelektr stansiyasini qurish masalasini ham muhokama qildi. 2021-yilda loyihaning umumiy qiymati $552 millionga baholangan edi.

Elektr stansiyalari yiliga 1,4 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqarishi kutilmoqda.

Avvalroq «Kursiv» 2023-yil bahorida Qirgʻizistonda oʻzbek-qirgʻiz avtomobil zavodi qurilishi boshlangani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek