Yangiliklar

O‘zbekistonda 215 milliard so‘mlik elektr va gaz o‘g‘irlangan

“Oʻzenergoinspektsiya” maʼlumotlariga koʻra
Foto: Piqsels

2024-yil boshidan buyon O‘zbekistonda gaz va elektr energiyasi o‘g‘irlanishidan ko‘rilgan zarar 215 milliard so‘mni tashkil etdi, deb xabar berdi «O‘zenergoinspektsiya» matbuot kotibi Navro‘z Norboboev matbuot anjumanida.

2,1 mingdan ortiq iste’molchi 88 million kub metr gazni va 77,3 mln.kVt/soat elektr energiyasini noqonuniy iste’mol qilgani aniqlangan. Norboboevning ta’kidlashicha, respublikada 131 ming litr sifatsiz neft mahsulotlarining muomalasi toʻxtatilgan.

Avvalroq Kursiv Samarqand viloyatidagi korxona 753 million so‘mlik elektr energiyasini o‘g‘irlagani haqida yozgan edi.