Yangiliklar

Ko‘chmas mulk bozori tahlili: O‘zbekistonda uy-joyga talab yana oshdi

Soʻnggi statistik maʼlumotlarni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eʼlon qildi
Rasm: Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti

Fevral oyida O‘zbekistonda 22,2 mingta ko‘chmas mulk oldi-sotdi shartnomasi tuzildi, bu o‘tgan oyga nisbatan 2 foizga ko‘pdir. Bu boradagi soʻnggi statistik maʼlumotlarni Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi eʼlon qildi.

Rasm: ITIM

Hududlar reytingida oʻsish surʼatlari boʻyicha Toshkent (14 foiz), Andijon (16 foiz) va Fargʻona (13 foiz) viloyatlari yetakchi boʻldi.

Toshkentda ijaraga beriladigan uy-joy bozori sekinlashdi, bir kvadrat metrning oʻrtacha narxi $8,9 tashkil qildi. Ijara narxining eng katta pasayishi bir qancha hududlarda kuzatildi, biroq ayrim hududlarda ijara narxi oshdi.

Yil davomida ijara narxining eng katta pasayishi Olmazor, Shayxontohur va Yakkasaroy tumanlarida kuzatilib, 13 foizdan 18 foizgacha qayd etildi. Qizigʻi shundaki, bir oy davomida ijara toʻlovlari Bektemir va Shayxontohur tumanlarida oʻsib, narxlar mos ravishda 3,5 va 2,5 foizga oshgan. Ijara narxlarining eng sezilarli pasayishi Yashnobod (6,3 foiz) va Chilonzor (5,7 foiz) tumanlarida qayd etildi.

Yuqori ijara narxlari Shayxontohur, Yakkasaroy va Mirobod tumanlarida saqlanib qolmoqda, bu yerda oʻrtacha narxi kvadrat metri uchun $11 tashkil qiladi.

Ikkilamchi uy-joy bozorida narxlar ham oʻsishda davom etmoqda: fevral oyida – 0,8 foizga, yillik koʻrsatkichlarda esa 14,1 foizga oshdi. Narxlarning eng sezilarli oʻsishi Toshkent (26,0 foiz), Buxoro (24,1 foiz) va Andijon (24,0 foiz) viloyatlarida qayd etildi. Toshkent shahrida ikkilamchi uy-joylarning oʻrtacha narxi 1,6 foizga oshib, $1140 tashkil qildi. Biroq, ayrim hududlarda ikkilamchi uy-joy narxlari pasaygan.

Rasm: ITIM

Umuman olganda, yil davomida Toshkent shahridagi ikkilamchi uy-joy bozori 17,3 foizga o‘sdi. Ammo o’sish avvalgidek tez emas. O’sish sekinlashuvi 2,7% ni tashkil etdi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zXDP  o‘zboshimchalik bilan egallangan yer uchastkalarini qonuniylashtirish haqidagi qonun loyihasi muhokama qiliniganini e’lon qilgan edi.