Ancor kompaniyasiga tegishli The Talentistʼning tadqiqotiga koʻra, oʻzbekistonlik yoshlarning 51,8 foizi ish tanlashda prioritetni yaxshi maoshda deb biladi. («Kursiv»da bu tadqiqot bor).
Yoshlarning 48,7 foizi uchun karyera muhim boʻlsa, sevimli mashgʻulotida ishlashni tanlaganlar 48,2 foiz tashkil qiladi.
Shu bilan birga, oʻzbekistonlik yoshlarning 43,1 foizi ish va oʻqishni birgalikda olib boradi. Ularning 32,7 foizi toʻliq ish kunida ishlasa, 16,2 foizi esa toʻliq boʻlmagan ish kunida ishlaydi.
Tadqiqot ishtirokchilarining 69,7 foizi qiyin vaziyatlarda moliyaviy yordam muhim deb hisoblaydi. Yoshlar qoʻshimcha dam olish kunlariga va oʻzlari ishlayotgan korxona mahsulotlari chegirmasiga ham ijobiy munosabatda boʻldi — 69,2 foizdan.
Koʻpincha yosh mutaxassislar ishdan qoniqish yoʻqligi sababli ketganlar — 26,9 foizni, noqulay jadval uchun — 24,8 foizni va juda ham past ish haqi — 22,1 foizni tashkil qiladi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekiston va Qozogʻiston fuqarolarining ish tanlash mezonlari haqida xabar bergan edi.