Toshkent viloyatida taekvondo markazi ochiladi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Angrendan qurilish uchun yer ajratildi
                    
                            
Angren shahrida ixtisoslashtirilgan taekvondo markazi qurish uchun Toshkent viloyati sport boshqarmasiga 0,32 gektar yer maydoni ajratildi. Mazkur qarorni viloyat hokimi Zoir Mirzayev imzolagan.
Markaz Boboytog‘ mahallasi hududida tashkil etiladi.
O‘zbekiston taekvon-do federatsiyasi ma’lum qilishicha, mamlakatimizda ushbu jang san’ati bilan 60 mingga yaqin kishi shug‘ullanadi.
Avvalroq «Kursiv» o‘zbekistonlik taekvondochi Svetlana Osipova Bokudagi musobaqada turkiyalik Nafiya Kushga jahon chempioni unvonini boy bergani haqida yozgan edi.
