AQShda TikTokʼning taqiqlanishiga olib keluvchi qonun loyihasi maʼqullandi

eʼlon qilindi
Tegishli qonun Vakillar palatasi tomonidan qabul qilindi
Foto: Unsplash

AQSh Kongressining Vakillar palatasi Xitoyning ByteDance kompaniyasiga mashhur TikTok platformasini sotish uchun olti oyga yaqin vaqt beradigan qonun loyihasini qabul qildi. Aks holda tarmoq AQShda bloklanadi, deb xabar berdi Reuters.

Hujjat kuchga kirishi uchun AQSh Senati tomonidan ham tasdiqlanishi kerak. Agentlikning taʼkidlashicha, ushbu organ Tik Tokʼga ehtimoliy taqiqga nisbatan noaniqroq munosabatda.

Taxminan 170 million amerikalik TikTokʼdan foydalanadi. Ularning aksariyati platformaning cheklanishi eʼlon qilingani munosabati bilan hukumatga shikoyat qilmoqda. Servis bosh direktori Shou Szi Chu chorshanba kuni muhokama qilinayotgan hujjat AQShda TikTokʼning toʻliq taqiqlanishiga olib kelishi mumkinligini maʼlum qildi.

«Bu kontent yaratuvchi va kichik bizneslar choʻntagidan milliardlab dollarlarni olib qoʻyadi va Amerikada 300 ming ish oʻrnini xavf ostiga qoʻyadi», — dedi Shou Tzu Chu.

Uning qoʻshimcha qilishicha, kompaniya hukumat choralariga qarshi kurashni davom ettirish niyatida.

Avvalroq «Kursiv» Nepal ijtimoiy totuvlikni buzgani uchun TikTokʼni taqiqlagani haqida xabar bergan edi.

TikTok — Xitoyning ByteDance kompaniyasiga tegishli qisqa videolarni yaratish va koʻrish platformasi hisoblanadi. Ijtimoiy tarmoqdan bugungi kunda 150 ta davlatdan 1 milliarddan ortiq kishi foydalanadi.

Shuningdek