14-mart kuni O‘zbekiston Respublika valyuta birjasida dollarning o‘rtacha tortilgan qiymati 20,99 so‘mga ko‘tarildi va 12 567,01 so‘mni tashkil qildi.
Mamlakat tijorat banklari dollarning xarid qilish narxini 12 485 – 12 520 so‘m, sotish qiymatini esa 12 550 – 12 610 so‘m darajasida belgiladi. Moliya institutlari AQSh valyutasini ilk bor 12 600 so‘mdan yuqori narxda sotishmoqda.
Eslatib o‘tamiz, 13-mart kuni dollarning narxi 12 so‘mga o‘sgan edi.