Yangiliklar

Endilikda O‘zbekistonda amaldorlar ishiga qarab baholanadi

“Qoniqarsiz” baho olganlar egallab turgan lavozimiga loyiqligi tekshiriladi
Foto: O‘zbekiston prezidenti matbuot xizmati

Vazirlar Mahkamasi davlat organlari va xo‘jalik birlashmalari rahbarlarining faoliyati samaradorligi ko‘rsatkichlarini (KPI) belgilaydi. Bu haqda O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning qarorida aytilgan.

Hukumat tomonidan mansabdor shaxslarning natijalarga erishish bo‘yicha yo‘l xaritalari va tadbirlar dasturi tasdiqlanadi.

KPI ijrosi samaradorlik.uz maxsus tizimi orqali nazorat qilinadi. Bajarilgan ishlar toʻgʻrisidagi maʼlumotlar har chorakda yangilanadi – koʻrsatkichlar asosida rahbarlar va ularning oʻrinbosarlari reytingi shakllantiriladi.

Ishlash ko’rsatkichlari quyidagicha baholanadi: «qoniqarsiz» – KPI 70% ga bajarilgan, «qoniqarli» – 70% dan 85% gacha, «yaxshi» – 85% dan 100% gacha, «a’lo» – 100% va undan yuqori.

«Yil yakuni boʻyicha samaradorlik koʻrsatkichlariga erishish natijalari «qoniqarsiz» deb baholangan rahbarlar va ularning oʻrinbosarlariga nisbatan ularning egallab turgan lavozimiga loyiqligi masalasi koʻrib chiqiladi», – deyiladi Adliya vazirligi xabarida.