Importning o‘sishi xavfi bor. Nega O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani o‘zgartirmaslikka qaror qildi

eʼlon qilindi
Bosh muharrir o‘rinbosari
Regulyator bir nechta sabablarni keltirdi
Изображение: freepick.com

14-mart kuni O‘zbekiston Markaziy banki asosiy stavkani yillik 14 foiz darajasida qoldirishga qaror qildi, deya xabar beradi regulyator.

Markaziy bank o‘z qarorida iqtisodiyotdagi noaniqliklarni, shuningdek, inflyatsiyani oshiruvchi kutilmalarni hisobga oldi.

«Umumiy inflyatsiya yil boshidan pasayib, fevral oyida 8,3 foizni tashkil etdi. Biroq, soʻnggi oylarda yuqori talab va bir qator tartibga solinadigan narx va tariflarning oshishi fonida xizmatlar inflyatsiyasi tezlashishi kuzatildi. Bundan tashqari, aholi va tadbirkorlarning inflyatsion kutilmalari deyarli oʻzgarishsiz, yuqoriligicha qolmoqda. Joriy yil oxiriga inflyatsiya 8-9 foizlik prognoz diapazoni doirasida shakllanishi kutilmoqda», — deyiladi regulyator matbuot xabarida.

Shuningdek, Markaziy bank yil boshidan buyon ayrim tarmoqlarda, xususan, oziq-ovqat sanoatida ishlab chiqarishning sekinlashishi iqtisodiyotga taʼsir qilishi mumkinligini taʼkidlamoqda. Bu O‘zRda talab va taklif o‘rtasidagi nomutanosiblikka olib kelishi yoki importga qo‘shimcha bosim yaratishi mumkin.

«Import dinamikasida mashina va uskunalar, energetika va neft mahsulotlari, qora metallar importining yuqori oʻsishi davom etishi bir tomondan kelgusida ishlab chiqarish hajmlari oshishiga zamin yaratsa, ikkinchi tomondan savdo balansi taqchilligining saqlanib qolishini ham bildiradi. Joriy operatsiyalar hisobining muvozanatga kelishi belgilangan fiskal intizomning taʼminlanishi, xorijiy investitsiyalar oqimi va iqtisodiyotni ekspor salohiyatini oshirishga qaratilgan tarkibiy islohotlarning natijadorligiga bogʻliq boʻladi”, — deyiladi Markaziy bank xabarida.

Joriy yilda Markaziy bank ikkinchi marta asosiy stavka masalasini ko‘rib chiqmoqda. O‘tgan safar bu boradagi yig‘ilish 25-yanvar kuni bo‘lib o‘tgan edi. Navbatdagi yig’ilishi 25-aprel kuni bo’lib o’tadi.

Shuningdek