Mirziyoyev: Sayxunobodda Yangi O‘zbekiston nafasi sezilmayapti

eʼlon qilindi
Bu haqda u Sirdaryo viloyatiga tashrifi chog‘ida aytib o‘tdi
Rasm: Prezident matbuot xizmati

Sayxunobodda tadbirkorlik o‘smayapti, Yangi O‘zbekiston nafasi sezilmayapti, dedi O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev Sirdaryo viloyatining shu nomli tumaniga tashrifi chog‘ida.

Bugungi kunda Sayxunobod tumanida 2,4 ming nafar ishsizlar bor, kambag‘allik darajasi 14 foizni tashkil etadi. Mahalliy budjetning daromadlari 27 mlrd so‘m, xarajatlar esa 67 mlrd so‘mni tashkil etdi.

Davlat rahbari viloyat hokimiyatini Sayxunoboddagi vaziyatni yaxshilashga e’tibor qaratmayotganini ham tanqid qildi.

Viloyat hokimining birinchi o‘rinbosari va Sayxunobod tumani hokimi ishdan ozod etildi.

Mirziyoyev bu galgi tashrif barcha viloyatlar, banklar va «mahalla yettiligi» rahbarlari uchun saboq boʻlishini taʼkidladi.

Shuningdek