Prezident musulmonlar idorasi raisi bilan diniy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi ishlar boʻyicha suhbatlashdi
                    
                                                     eʼlon qilindi
                                            
                                    
                                    
                
                                    
                
                                    
                        Suhbat davlat rahbarining Sirdaryo viloyatiga safari chog‘ida bo‘ldi
                    
                            
Prezident Shavkat Mirziyoyev musulmonlar idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov bilan diniy-maʼrifiy yoʻnalishlardagi ishlar, muborak Ramazon oyining fazilatlari haqida suhbatlashdi.
Suhbatda respublikada bundan buyon muhtoj fuqarolarga yordam koʻrsatishni davom ettirish taʼkidlandi. Qolaversa, Muftiy bu ulugʻ ayyomda sabr-qanoat, xayru saxovat fazilatlari ziyoda boʻlishini, yurtdoshlarimiz buni his qilib, savob amallarni koʻp qilayotganini aytdi.
Shuningdek, tadbirkorlik, tomorqa va xoʻjaliklarni rivojlantirish, qishloqda istiqomat qilayotgan fuqarolarning turmushini yaxshilash kerakligi taʼkidlandi.
Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistonda tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash boʻyicha loyiha ofislari tashkil etilishi haqida xabar bergan edi.
