Qirgʻiziston Oʻzbekistondan 100 dona avtobus sotib oladi

eʼlon qilindi
Bu Oʻsh shahrining transport infratuzilmasini yaxshilashda muhim qadam boʻlishi kutilmoqda
Foto: Toshtrans.uz

Oʻsh shahri hokimligi Samarqand avtomobil zavodi tomonidan ishlab chiqarilgan 100 dona Isuzu MAZ LE-60 shahar yoʻlovchi avtobuslarini xarid qiladi. Bu haqda Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi (OʻQTJ) matbuot xizmati xabar berdi.

13-mart kuni Oʻzbek-Qirgʻiz taraqqiyot jamgʻarmasi ofisida Oʻsh shahar hokimligi bilan 100 dona shahar yoʻlovchi avtobuslarini moliyaviy lizingga berish boʻyicha shartnoma imzolandi.

Ushbu kelishuv Oʻsh shahrining transport infratuzilmasini va shahar aholisining turmush tarzini yaxshilashda muhim qadam boʻlishi kutilmoqda.

Maʼlumot uchun, OʻQTJ 2021-yilda tashkil etilgan boʻlib, ikki davlat iqtisodiyotlarining ustuvor sohalaridagi oʻzini oʻzi qoplaydigan loyihalarga kreditlar berish va xoʻjalik yurituvchi subyektlarni moliyalashtiradi. Jamg‘armaning ustav kapitali $50 millionni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston va Qirg‘iziston mutaxassislari umumiy geodeziya tarmog‘i va demarkatsiya xaritalari tuzilgani haqida xabar bergan edi. 

Shuningdek