Reddit ijtimoiy tarmogʻi IPO orqali qariyb $750 million jalb qilmoqchi

eʼlon qilindi
Kompaniyaning AQShdagi qiymati $6,4 milliardga yetishi mumkin
Reddir logo
Foto: Unsplash

Amerikaning Reddit ijtimoiy tarmogʻi Amerika bozorida oʻzining aksiyalarini birlamchi ommaviy joylashtirish (IPO) rejasini davom etmoqda. Reuters maʼlumotlariga koʻra, ushbu IPO soʻnggi yillarda investorlar tomonidan eng koʻp kutilganlardan biridir.

Ijtimoiy tarmoq egasi IPO davomida har birining qiymati $31 dan 34 gacha boʻlgan 22 millionga yaqin aksiyani sotish orqali $748 million mablagʻga ega boʻlmoqchi.

Bu orqali kompaniyaning AQShdagi umumiy qiymati $6,4 milliardga yetishi mumkin.

Maʼlumot uchun, Reddit platformasi maʼlumotlarga havolalarni internetga joylashtirish va uni muhokama qilish imkonini beradi.

Avvalroq «Kursiv» Reddit kompaniyasi 2023-yil fevral oyida IPO’ga tayyorgarlik koʻrayotgani haqida xabar bergan edi.

Shuningdek