Shavkat Mirziyoyev: Kredit va imtiyozlar Sayxunobodda tadbirkorlik holatini yaxshilagani yoʻq

eʼlon qilindi
Yangiliklar muharriri
O‘tgan yilda hududda ish o‘rinlari soni bor-yo‘g‘i 968 taga oshgan
Foto: Prezident matbuot xizmati

Sirdaryo viloyati Sayxunobod tumanidagi mahallalarga oʻtgan yili tadbirkorlikni rivojlantirish uchun 120 milliard soʻm, shuningdek, tadbirkorlarga 85 milliard soʻmlik soliq imtiyozlari berilgan. Lekin bu chora-tadbirlar tadbirkorlik bilan bogʻliq vaziyatni yaxshilashga, viloyatda ish oʻrinlari yaratish va kambagʻallikni qisqartirishga yordam bermadi.

Xususiy sektorda yaratilgan rasmiy ish oʻrinlari soni bor-yo‘gʻi 968 taga koʻpaygan.

Prezident banklar faqat pul mablagʻlarini qaytarish haqida qaygʻurishini va doimiy mijozlarga kredit berishini aytdi. Tadbirkorlik bilan shugʻullanmoqchi boʻlgan boshqa fuqarolar esa chetda qolayotganini, Ularga tayyor loyiha paketlari berilmayotganini taʼkidladi.

Shuningdek, oʻtgan yili viloyatda ishlab chiqarish hajmi amalda oʻsmagani, mutasaddilar korxonalarga aylanma uchun pul berib, mahsulotni koʻpaytirishga eʼtiborsiz boʻlgani qayd etildi.

«Bugungi kunda viloyatda 1 million soʻmlik mahsulot yaratish uchun oʻrtacha 126 kVt/soat elektr energiyasi sarflanmoqda. Bu viloyatning boshqa tumanlariga nisbatan ikki barobar koʻpdir. Sababi 19 ta mahalladan 16 tasida yuqori qoʻshimcha qiymat yaratadigan bironta ishlab chiqarish yoʻq», — dedi Mirziyoyev.

Qolaversa, hududdagi infratuzilmasi bor 16 ta bino va inshoot qimmatligi uchun bir yildan buyon sotilmay tashlandiq yotibdi. Yana uzoq yillardan beri boʻsh turgan 5 ta obyekt auksionga chiqarilmagan.

Shuningdek