Yangiliklar

Shokolad narxining yaqin orada keskin oshishi kutilmoqda

Reuters buning sababini ma'lum qildi
Foto: atelopus // www.depositphotos.com

Kot-dʼIvuar va Ganadagi yirik Afrika kakao fabrikalari qayta ishlashni toʻxtatdi yoki qisqartirdi, deb xabar bermoqda Reuters. Bu esa shokolad narxining tez orada keskin koʻtarilishini anglatadi.

Mamlakatning toʻqqizta eng yirik fabrikalaridan biri boʻlgan davlatga tegishli Transcao zavodi kakao dukkaklari narxining oshganligi tufayli sotib olishni toʻxtatganini aytdi. Fabrika dukkakni ombordagi zaxiradan ishlatayotgani aytdi, lekin qanday hajmda ishlayotganini maʼlum qilmagan. Ikki sanoat manbasining maʼlum qilishicha, zavod deyarli ishlamayapti.

Agentlik maʼlumotlariga koʻra, yaqin kelajakda yana bir qancha yirik davlat zavodlari yopilishi mumkin.

Shokolad ishlab chiqaruvchilari uch yillik kam kakao hosilidan soʻng allaqachon isteʼmolchilar uchun narxlarni koʻtardi. Dunyodagi kakaoning deyarli 60 foizini ishlab chiqaradigan ikkala mamlakatda toʻrtinchi yil ham hosil yomon boʻlishi kutilmoqda. Oʻtgan yil davomida kakao narxi ikki baravardan koʻproq oshib, koʻplab rekordlarni yangilagan edi.