Yangiliklar

Uzum Media internetdagi firibgarlardan qanday himoyalanishni o‘rgatadi

Materiallar veb-saytda va Telegramda mavjud
Foto: maxxyyutas/Depositphotos

 «Uzum Media» portalida firibgarlardan himoyalanish, omonatlardan to‘g‘ri foydalanish, kartalar va boshqa bank xizmatlariga oid turkum materiallar chop etildi.

O‘qish niyatidagilar Telegram kanali va nashr saytida o‘zlarini va yaqinlarini firibgarlardan himoya qilish bo‘yicha oddiy ko‘rsatmalarni topishlari mumkin.

Uzum Media xabariga ko‘ra, 2023-yilda firibgarlar 300 mlrd so‘m o‘g‘irlagan, kartalardan pul o‘g‘irlash bo‘yicha 5 mingta jinoiy ish ochilgan.

Eng keng tarqalgan firibgarlik – bu yirik kompaniya yoki mashhur bloggerdan mukofot olish uchun pul o’tkazish. Qonunga ko‘ra, g‘aznaga soliqni konkurs tashkilotchilarining o‘zlari to‘lashadi.

Eslatib o‘tamiz, Uzum ekotizimi Uzum Media’ni 2024-yil yanvar oyida ishga tushirgan. Loyiha respublika aholisini onlayn xarid qilish va moliyaviy savodxonlik asoslari haqida xabardor qilishga qaratilgan.

Avvalroq «Kursiv» O‘zbekiston fuqarolari Uzum Bank ilovasida bo‘lib-bo‘lib to‘lash uchun ariza topshirishlari mumkinligini yozgan edi.