Yevropada sun’iy intellektdan foydalanish cheklangan bo‘ladi

eʼlon qilindi
YeI parlamenti shunday qonunni qabul qildi
Foto: Pixabay

Yevropa parlamenti sun’iy intellekt (SI) to‘g‘risidagi qonunni ma’qulladi. Hujjat «huquqlar va qonun ustuvorligini himoya qilish» maqsadida bir qator vositalardan foydalanishni cheklaydi, shuningdek, ushbu sohada innovatsiyalarni rivojlantirishni rag‘batlantiradi, deyiladi qonun chiqaruvchi organ saytida.

Qonun SI biometrik turkumlash tizimlaridan foydalanishni, shuningdek, yuzni tanish maʼlumotlar bazalarini yaratish uchun fotosuratlar va videokuzatuv kameralarini maqsadsiz skanerlashni taqiqlaydi. Bundan tashqari, Yevropa ish joyida va ta’lim muassasalarida odamlarning his-tuyg’ularini aniqlash vositalaridan foydalanish mumkin bo‘lmaydi.

Hujjatda huquqni muhofaza qiluvchi organlar tomonidan biometrik identifikatsiya tizimlaridan foydalanish shartlari ham ko‘rsatilgan. Ba’zi hollarda bu sudning roziligini talab qiladi.

Qonun SI vositalari uchun «shaffoflik mezonlari» ni belgilaydi, ularni xavf toifalari bo’yicha («yomon» dan «past»gacha) tartiblaydi. YeI fuqarolari muayyan tizimlar haqida shikoyat qilishlari mumkin bo‘ladi.

Hujjatda rag‘batlantirish choralari qatorida sun’iy intellektni rivojlantirish va o‘qitish bo‘yicha me’yoriy sinov maydonlarini yaratish, shuningdek, bunday texnologiyalarni milliy sinovdan o‘tkazishni joriy etish ko‘zda tutilgan.

Avvalroq Rossiya sunʼiy intellekt xizmatlari hajmini besh baravar oshirmoqchi ekani xabar qilingandi.

Shuningdek