Chirchiq shahriga yangi hokim tayinlandi
eʼlon qilindi
Bungacha shahar hokimi lavozimida Davron Hidoyatov ishlagan

Murodjon Abdurahimov Chirchiq shahriga hokim etib tayinlandi. Bu haqdagi qaror Xalq deputatlari shahar kengashining yigʻilishida qabul qilindi.
Abdurahimov tayinlovga qadar Toshkent viloyati hokimligi va «Oʻzkommunxizmat» agentligida, shuningdek, Oʻzbekiston Uy-joy kommunal xizmat koʻrsatish vazirligi va Vazirlar Mahkamasida masʼul lavozimlarda ishlagan.
2021-yildan bugunga qadar shahar hokimi lavozimida Davron Hidoyatov ishlab kelayotgan edi.