Fud-blogger Mr.Taster o‘zbek oshxonasini targ‘ib qiladi

eʼlon qilindi
U O‘zbekistonning to‘rtta shaharga yo‘l oladi
Rasm: «Dunyo»

Mr.Taster nomi bilan mashhur boʻlgan fud-blogger Xubert (Hamid) Sepidnam respublikaning gastronomik sayyohlik salohiyatini targʻib qilish maqsadida Oʻzbekistonga keldi, deb yozadi «Dunyo».

Sepidnam milliy taomlar, jumladan, sumalak, sho‘rva, samsa tayyorlash jarayonini suratga olishni maqsad qilgan. Blogger Toshkent, Samarqand, Buxoro va Xorazmga tashrif buyurishi kutilmoqda.

Sepidnam o‘z faoliyatini 2005-yilda oziq-ovqat bloggeri sifatida boshlagan. U Manchester shahrida tug’ilgan va 15 yil oziq-ovqat sohasida ishlagan.

Mr.Taster Dubaydagi Sheraton Dubai Creek Hotel & Towers kabi mashhur brendlar bilan ishlaydi. Blogger Samyang va Grand Hyat bilan ham hamkorlik qiladi.

Bugungi kunda uning YouTube kanalidagi obunachilari soni 113 mingtani, Instagramda 1,9 millionni, TikTokda 638,9 mingni tashkil etadi.

Avvalroq «Kursiv» Toshkentning barcha markaziy tumanlarida gastronomik ko‘chalar ochilishi haqida yozgan edi.

Shuningdek