Markaziy Osiyoda venchur moliyalashtirish hajmi 5,5 baravarga oshdi

eʼlon qilindi
2023-yil O‘zbekistonda bozor hajmi $6,3 millionni tashkil qildi
Foto: Unsplash

Oxirgi besh yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkaz mamlakatlarida venchur moliyalashtirish bozori sezilarli darajada oʻsgan. RISE Research tadqiqotiga koʻra, Oʻzbekiston bitimlar hajmi boʻyicha uchinchi oʻrinni egalladi.

Tahlil natijalari Astana hub raqamli texnopark portalida chop etildi.

«Bizning tadqiqotimiz shuni koʻrsatdiki, soʻnggi besh yil ichida Markaziy Osiyo va Kavkaz mintaqasida venchur moliyalashtirish hajmi 5,5 baravarga oshgan, 2023-yilda esa bitimlar hajmi $110 millionni tashkil qildi», — dedi RISE Research asoschisi Aynur Janturina.

Bozor hajmi boʻyicha Qozogʻiston $80 million bilan yetakchi. Keyingi oʻrinlarni Gruziya — $21,6 million, Oʻzbekiston — $6,3 million bilan egallagan.

Foto: RISE Research

Janturinaning soʻzlariga koʻra, mintaqada venchur moliyalashtirish ekotizimi kichikligicha qolmoqda. Toʻsiq — bu mamlakatlardagi bozor holati toʻgʻrisida ishonchli maʼlumotlarning yoʻqligi.

Avvalroq «Kursiv» Oʻzbekistondagi venchur investitsiya bozorining holati haqida xabar bergan edi.

Shuningdek