Navro‘z bayrami munosabati bilan davlat xizmatlari portali vaqtincha o‘chiriladi

eʼlon qilindi
Serverlarning ko‘chirilishi tufayli
Rasm: Unsplash

Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali (YIDXP) Navro‘z bayrami munosabati bilan foydalanuvchilar uchun mavjud bo‘lmaydi, deb xabar berdi onlayn platforma matbuot xizmati.

Elektron xizmat faoliyatining vaqtinchalik cheklanishi 21-martdan 24-martgacha serverlarning maʼlumotlarni qayta ishlash markaziga oʻtkazilishi bilan bogʻliq.

Bugungi kunda portal orqali ko‘rsatilayotgan xizmatlar soni 591 taga yetdi.2023-yilda jami ikki yuzdan ortiq xizmat ishga tushirildi. YIDXP orqali murojaatlarning umumiy soni 5,5 millionni tashkil etdi.

Shu bilan birga, mobil ilova orqali kelib tushgan murojaatlar soni 42,7 mingtadan, Davlat xizmatlari markazlari orqali 1,3 milliondan oshdi.

Avvalroq «Kursiv» o‘tgan yilning noyabr oyidan boshlab avtomashinani boshqarish uchun ishonchnoma onlayn tarzda berilishi mumkinligini e’lon qilgan edi.

Shuningdek