Yangiliklar

Qozog‘istondan pul o‘tkazmalari bo‘yicha O‘zbekiston yetakchilik qilmoqda

2023-yil yakunlariga ko‘ra
Rasm: Pixabay / Andy_Bay

2023-yil yakunlariga ko‘ra, O‘zbekiston Qozog‘istondan xalqaro pul o‘tkazmalarini qabul qilish bo‘yicha yetakchi bo‘ldi — qo‘shni respublikadan o‘tkazilayotgan pul o‘tkazmalari umumiy hajmining to‘rtdan biridan ko‘prog‘i (27,5 foiz) O‘zbekistonga to‘g‘ri keladi.

O‘tgan yili QzR’dan O‘zR’ga 264 mlrd tengedan ($586 mln) ortiq mablag‘ kelib tushdi.

O‘tgan yili Qozog‘istondan jami 961 milliard tenge ($2,1 mlrd) xorijga o‘tkazilgan. Bu o‘tkazmalarning qariyb 80 foizi «Zolotaya korona» tizimi orqali amalga oshiriladi. QzR’dan pul o‘tkazmalari hajmi bo‘yicha ikkinchi o‘rinda Rossiya (25,1 foiz), Turkiya uchlikda (23,1 foiz).

Avvalroq «Kursiv» Uzoq Sharq banki uch davlatga, jumladan, O‘zbekistonga pul o‘tkazmalarini qayta boshlagani xabar qilgan edi.