Yangiliklar

Qozog‘istonliklar rekord miqdorda ot go‘shti iste’mol qilishdi

O'tgan o'n uch yil ichida
Foto: Piqsels

2023-yilning to‘rtinchi choragi yakunlariga ko‘ra, Qozog‘istonda aholi jon boshiga o‘rtacha ot go‘shti iste’moli 1,97 kilogrammni tashkil qilgan. Bu 2011-yil boshidan beri eng yuqori ko‘rsatkichdir, deb xabar berdi Data Hub.

2022 yilning so‘nggi choragida qozog‘istonliklar ot go‘shtini 2021 yilning shu davriga nisbatan 5 foizga ko‘p iste’mol qilgan. Oxirgi o‘n yilga nisbatan hajm 81 foizga oshdi.

Data Hub maʼlumotlariga koʻra, Qozogʻistonda ot goʻshtini isteʼmol qilish hajmi boʻyicha mol goʻshtidan keyin ikkinchi oʻrinda turadi. Uning o’rtacha kishi boshiga iste’moli 6,6 kg ni tashkil etdi.

Avvalroq Kursiv 2023 yilda O‘zbekistonda go‘sht 9,1 foizga qimmatlashgani haqida yozgan edi.