Toshkentni tutun qoplandi: havodagi PM2,5 miqdori me’yordan bir necha baravar yuqori

eʼlon qilindi
Shahar aholisiga niqob taqish tavsiya etiladi
Foto: «Kursiv»

15-mart, juma kuni ertalab toshkentliklar e’tiborini shahar uzra tutun o‘ziga qaratdi. IQair ma’lumotlariga ko’ra, atmosferadagi PM2.5 zarralari miqdori normadan 31,8 baravar ko’p (11:30 holatiga ko‘ra) ekanligi ma’lum bo‘ldi.

Atmosfera havosining ifloslanishi bo‘yicha jahon shaharlari reytingida Toshkent sakkizinchi o‘rinni egalladi.

Oʻzbekiston poytaxti aholisiga niqob taqish, sayr qilmaslik va havo tozalagichlardan foydalanish tavsiya qilindi.

IQairning ta’kidlashicha, havo ifloslanishining sabablaridan biri – atmosferaga motor moyi, zararli birikmalar va kimyoviy bug’larni chiqaradigan avtomobillardir.

Eslatib o‘tamiz, PM2.5 avtomobil shinalari, chang, asfalt va og‘ir metall birikmalarining eng kichik bo‘laklaridir. Ushbu modda nafas olish yo’llari va yurak-qon tomir tizimi kasalliklariga olib kelishi mumkin.

Avvalroq Kursiv 21-fevralda havo ifloslanishi bo‘yicha Toshkent dunyo shaharlari reytingida birinchi o‘rinni egallagani haqida yozgan edi.

Shuningdek