Yamandagi husiylar bazalariga havo hujumlari uyushtirildi

eʼlon qilindi ( yangilandi)
Kemalarga qarshi to‘qqizta raketa yo‘q qilindi
Foto: AlJazeera

AQSh-Britaniya koalitsiyasi Yamanning Xodeyda muhofazasi (hududi) husiylar obyektlariga besh marta havo zarbalari berdi, deya xabar bermoqda Sinxua agentligi mahalliy OAVga tayanib.

Ikkita zarba qayerga berilgani ma’lum: ulardan biri aeroportda, ikkinchisi Bayt al-Faqih shahri chekkasida sodir bo‘lgan. Qurbonlar haqida ma’lumot yo‘q.

Amerika Qo‘shma Shtatlari Markaziy qo‘mondonligi ikkita uchuvchisiz uchish apparati va to‘qqizta kemaga qarshi raketalar yo‘q qilinganini e’lon qildi. Buyuk Britaniya hozircha izoh bermadi.

Koalitsiya Qizil dengizda husiylarning xalqaro kemalarga hujumi munosabati bilan zarbalar bermoqda.

Fevral oyi oxirida Kursiv husiylar Qizil dengizdagi internet kabellariga zarar yetkazganini yozgan edi.

Shuningdek