Yongʻin xavfsizligi qoidalarni buzganlik uchun javobgarliklar kuchaytirildi
Yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganlik uchun jarimalar miqdori oshirildi. Bu haqda prezident tomonidan tegishli qonun imzolandi.
Yangi standartlarga ko’ra, oʻrmonlarda yongʻin xavfsizligi talablarini buzish va yongʻin chiqishiga olib kelingan holatlarga quyidagi jarimalar belgilandi:
Fuqarolarga BHMning 10 baravaridan 15 baravarigacha (3,4 mlndan 5,1 mln soʻmgacha);
Mansabdor shaxslarga BHMning 20 baravaridan 25 baravarigacha (6,8 mlndan 8,5 mln soʻmgacha).
Shu bilan birga, shaxsning ehtiyotsizligi yoki yongʻin xavfsizligi qoidalarini buzganligi sabab yong‘in kelib chiqsa-yu, lekin oʻzgalar sogʻligiga yoki mol-mulkiga zarar yetmasa, mazkur shaxs maʼmuriy javobgarlikka tortilmaydi.
Avvarloq «Kursiv» tadbirkorlik subyektlari oʻrtasida «Yongʻin xavfsizligi aʼlochisi» nominatsiyasi boʻyicha tanlov oʻtkazishi haqida xabar bergan edi.