Yangiliklar

Zominda dori-darmon ishlab chiqariladigan Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi quriladi

Loyiha qiymati $30 millionni tashkil etadi
Foto: Yuriya-farm

Jizzax viloyatida 100 turdagi dori-darmon vositalari ishlab chiqariladigan «Avantika shifokor» Oʻzbekiston-Hindiston qoʻshma korxonasi quriladi. Bu haqda «Dunyo» axborot agentligi xabar bermoqda.

Maydoni 11,5 gektar boʻlishi kutilayotgan korxona Oʻzbekistonning «Shifokor-82» va Hindistonning «Avantika Medex Pvt» kompaniyalari hamkorligida zomin tumanida qurilmoqda.

loyihani amalga oshirish uchun 30 million AQSh dollari miqdordagi mablagʻ, jumladan, 15 million dollar xorijiy sarmoya yoʻnaltirilmoqda. Bu yerda tabletka, kapsula, inyeksiya, gel va boshqa shakllardagi dori vositalari ishlab chiqariladi.

Korxona dori vositalarining 70 foizini xorijga, qolganini Oʻzbekiston ichki bozoriga yoʻnaltirish koʻzda tutilgan.

Avvalroq 2023-yil yakunlariga koʻra, Oʻzbekiston Ural dori vositalarining asosiy importchisiga aylangani haqida xabar berilgan edi.