16-mart kuni O‘zbekistonda havo iliqlashadi
eʼlon qilindi
Qor ko‘chishi xavfi bor
Bugun, 16-mart kuni havo bulutli bo‘lishi mumkin, O‘zbekiston bo‘ylab quruq ob-havo kuzatiladi. Ba’zi joylarda tuman tushishi ehtimoli bor. Havo harorati 13-18 iliq bo‘ladi, deb xabar berdi O‘zgidromet.
Poytaxtda havo biroz bulutli bo‘ladi,quyosh chiqadi, yog‘ingarchilik kutilmaydi. Havo harorati kunduzi 13-15 daraja iliq, kechasi 0- 2 sovuq bo‘ladi.
Respublikaning tog‘li hududlarida havo bulutli bo‘ladi. Yog‘ingarchilik kutilmaydi.Ba’zi joylarga tuman tushishi mumkin va qor ko‘chishi xavfi bor. Havo kunduzi 0-5 daraja iliq va kechasi 5-10 sovuq bo‘ladi.