Benzin narxi 1-apreldan ko‘tariladi
eʼlon qilindi
Yonilg‘iga aksiz solig‘i oshadi
2024-yil 1-apreldan neft mahsulotlari va boshqa aksiz to‘lanadigan tovarlar va xizmatlarga aksiz solig‘ining yangi stavkalari kuchga kiradi, deb xabar berdi «O‘zbekneftegaz» matbuot-xizmati.
O’zgarishlarga ko’ra, neft mahsulotlari ishlab chiqarish uchun aksiz solig‘i AI-80 rusumli avtobenzinning bir tonnasi uchun 37 ming so‘m, aviakerosinning bir tonnasi uchun 29 ming so‘m va dizel yoqilg‘isi bir tonnasi uchun 35 ming so‘mga oshiriladi.
Yakuniy iste’molchiga neft mahsulotlari va suyultirilgan gazni sotishdan olinadigan aksiz solig‘i ham 96 500 so‘mga, masalan, avtobenzin va dizel yoqilg‘isi tonnasi uchun 68 ming so‘mga oshiriladi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistonda dizel va benzinga bo‘lgan ehtiyoj to‘liq qoplanishini e’lon qilgan edi.