Yangiliklar

Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilishning master rejasi ishlab chiqiladi

Tegishli qaror davlat rahbari tomonidan imzolandi
Rasm: Unsplash

Madaniyat va sanʼatni rivojlantirish jamgʻarmasi Buxoroning tarixiy markazini muhofaza qilish master reja va menejment rejasini ishlab chiqadi, O‘zbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyevning farmonidan kelib chiqadi.

Bundan tashqari, Samarqand shahrida «Buyuk ipak yo‘li» muzeyini tashkil etish, Bibixonim majmuasi va Amir Temur bog‘larini restavratsiya qilish bo‘yicha qarorlar loyihalari ishlab chiqiladi.

Ishga xorijlik mutaxassislar jalb qilinadi, YUNESKO mezonlari inobatga olinadi.

Shuningdek, Tashqi ishlar vazirligi O‘zbekistonni Madaniyat yodgorliklarini saqlash va tiklash bo‘yicha xalqaro ilmiy-tadqiqot markazi tarkibiga kiritish to‘g‘risida ariza berishi kerak.

Rejalarga O‘zbekiston shaharlarini, noyob madaniy obidalar va tabiiy meros obyektlarini YUNESKO’ning Ijodkor shaharlar va Ta’limni targ‘ib etuvchi shaharlar tarmog‘iga kiritish ko‘zda tutilgan.

Eslatib o‘tamiz, Buxoro shahri markazida turistik zona tashkil etish rejalashtirilgan. Buning uchun davlat tasarrufidagi 20 dan ortiq binolarni, jumladan, shahar va viloyat hokimliklari joylashgan binolarni buzish rejalashtirilgan.

 «Alerte Héritage» mustaqil uyushmasi maʼlumotlariga koʻra, Buxoro viloyati hokimligi binosi oʻzbek meʼmori Richard Blez loyihasi boʻyicha qurilgan soʻnggi bino hisoblanadi.

Avvalroq «Kursiv» YUNESKO Buxoroning saqlanish holatini diqqat bilan kuzatib borayotgani haqida yozgan edi.