Navro‘z bayramida Soliq qo‘mitasining onlayn xizmatlari ishlamaydi
eʼlon qilindi
Texnik ishlari tufayli
Navro‘z bayrami munosabati bilan O‘zbekiston rezidentlari uchun elektron soliq xizmatlari vaqtincha ishlamaydi, deb xabar qildi Soliq qo‘mitasi matbuot xizmati.
Qo‘mitaning veb-resurslarini optimallashtirish va Ma’lumotlarni qayta ishlash markazi serverlari sig‘imini oshirish tufayli onlayn xizmatlar o‘chirib qo‘yiladi. 21-mart soat 21:00 dan 23-mart soat 09:00 gacha profilaktika ishlari olib boriladi.
Eslatib o‘tamiz, Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali ham texnik ishlar tufayli 21-24 mart kunlari ishlamaydi.
Avvalroq «Kursiv» O‘zbekistondagi savdo kompaniyalari qancha soliq to‘lagani haqida yozgan edi.